Moskvada Rossiya gvardiyasi xodimlari ikki hafta davomida bandilikda saqlangan erkakni ozod qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ikki jinoyatchi 39 yoshli moskvalik erkakka ish berish bahonasida uni bir xonadonga qamab qo‘ygan. Unga ish taklif qilish o‘rniga jinoyatchilar erkakni do‘pposladi va hujjatlarini olib qo‘ydi.
Telefoni ham tortib olingani uchun nomi keltirilmayotgan jabrdiyda derazadan xat tashlab yubordi. Uni topib olgan o‘tkinchilar politsiyaga xabar berdi.
Erkak ozod etildi. Uni tutib turgan 44 va 37 yoshli jinoyatchilarga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)