BMT Afg‘oniston poytaxti Kobul va Qandahor viloyatida ro‘y bergan hamda jami 49 kishi qurbon bo‘lishi, 90 kishi yaralanishiga olib kelgan teraktlarni qoraladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“BMT Afg‘oniston va Birlashgan Arab Amirliklari xalqlari, hukumatlari bilan birdamligini bildiradi. Hujumlarni uyushtirgan shaxslarni javobgarlikka tortishga chaqiradi. Tinch aholi, jumladan, elchilarga hujum inson huquqi va xalqaro gumanitar huquqning buzilishi hisoblanadi, buni aslo oqlab bo‘lmaydi.Eslatib o‘tamiz, Kobul shahrining Dorulomon tumanida “Tolibon” tomonidan uyushtirilgan terakt qurbonlari soni 38 kishini tashkil etdi. Qandahorda sodir etilgan portlashda 11 kishini hayotdan olib ketdi, BAA elchisi va Qandahor gubernatori yaralandi.Stefan Dyujarrik, BMT bosh kotibining matbuot kotibi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)