O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidov Qatar Yulduzlar ligasining 15-turida dubl qayd etdi va jamoasining 4:3 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Bellashuv “Al-Jaish” uchun omadli boshlanib, klub 11-daqiqadayoq 2 ta gol farqi bilan oldinga chiqib olgandi. Keyinroq esa mehmonlar hisobni 1 taga qisqartirdi, orada hakam “Jaish” futbolchisini maydondan chetlatdi va buning natijasida hisob tenglashdi.
Maydondan “Al-Arabi” futbolchisi ham chetlatilgach, o‘yin yana teng ko‘rinish oldi. Avvaliga Rashidov 78-daqiqada jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda “Al-Jaish”ni 2 ochko yo‘qotishdan qutqarib qoldi.
“Al-Jaish” 15-turdan keyin Yulduzlar ligasining 3-jamoasi bo‘lib turibdi. Mazkur tur doirasida o‘zbekistonlik boshqa bir futbolchi Sanjar Tursunov golli uzatma bergani bilan yodda qolgandi.
Ma’lumot uchun, kechagi dublidan keyin Sardor Rashidov mavsumdagi muvaffaqiyatli zarbalari sonini 10 taga yetkazib oldi va to‘purarlar jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. Ro‘yhatni 17 ta gol urgan “Lahviya”ning marokashlik hujumchisi boshqarib turibdi.
Qatar Yulduzlar ligasi 15-tur o‘yini 9-yanvar, dushanba
Izoh (0)