Kobulning Dorulomon tumanida ro‘y bergan qo‘sh terakt qurbonlarining soni 27 kishiga yetdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Shuningdek, 70 kishi turli darajada jarohatlar olgani bildirilmoqda.
Ilgariroq qurbonlar soni 22 kishini tashkil etgan bildirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi terakt xavfsizlik boshqarmasining sobiq binosi yaqinida, ikkinchisi esa Afg‘oniston parlamenti telestudiyasi oldida amalga oshirildi.
Dorulomon tumanida Afg‘oniston IIV, TIV, parlament, shuningdek, Rossiya elchixonasi joylashgan.
Izoh (0)