IShIDning Parij va Bryusselda uyushtirgan teraktlari oqibatida halok bo‘lgan ikki AQSh fuqarosining oilalari Twitter ijtimoiy tarmog‘i ustidan sudga shikoyat qildi. Ular kompaniyani terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda, deb xabar beradi “RBK”.
Ma’lum bo‘lishicha, da’vo Nyu-York sudiga kiritilgan. 29 yoshli Aleksandr Pinkzovskiy va 26 yoshli Naomi Gonzalezning oila a’zolari Twitter’dan yaqinlarining o‘limi uchun tovon puli talab qilmoqda.
86 sahifali hujjatda aytilishicha, da’vogarlar Twitter’ni IShIDni moddiy ta’minlashda ayblamoqda. Bunda terrorchilar ijtimoiy tarmoqlardan aloqa va kommunikatsiya, shuningdek, harakatlarni muvofiqlashtirish vositasi sifatida foydalangani nazarda tutilmoqda.
Ularning fikricha, Twitter haligacha IShID yordam bermoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)