Bayramdan so‘ng ish rejimiga moslashib olamiz

Ta’til yoki bayramlar vaqtida organizm odatdagi ishchanlik kayfiyatini yo‘qotadi va dam olishga, ertalab kech turishga, umuman boshqa rejimga o‘rganib qoladi.

Foto: Flickr

Foto: Flickr

Agar siz kurortdan qaytsangiz…

Yaxshisi ishga chiqishdan 3 kun oldin qaytganingiz ma’qul. 3 kun davomida yo‘l charchoqlaridan keyin o‘zingizga kelasiz va sharoitga moslashasiz. Ish rejimiga asta-sekin kirishish va butun hafta davomida ishlamaslik uchun hafta o‘rtasida ishga chiqishni oldindan rejalashtiring. O‘rganish oson bo‘lishi uchun ishga chiqishdan oldingi kunlar iloji boricha o‘z vaqtida uyquga yotib, o‘z vaqtida turishga harakat qiling. Ertalabki sevimli musiqa va mazali nonushta ham ish kunini yaxshi boshlashga yordam beradi.

Bayramlardan keyin

Ko‘tarinki bayram kayfiyatidan mehnat jarayonidagi g‘amgin kayfiyatga o‘tish qiyinroq kechadi. Achchiq shokolad, banan, mavrak (shalfey) damlamasi va multivitaminlar kayfiyatni va faollikni ko‘tarishga yordam beradi.

Ish hajmini birinchi kundan emas, balki kun sayin oshirib boring. Ishdan qaytishda toza havoda piyoda yurishga harakat qiling.

Ish kunini stolingizni yig‘ishtirishdan boshlasangiz ishchanlik kayfiyatini uyg‘otishga yordam beradi.

Dam olishdan keyingi biroz ruhiy siqilish kayfiyati – oddiy hol hisoblanadi. Agar bu holat davom etaversa uxlashdan oldin shifobaxsh o‘tlardan tayyorlangan tinchlantiruvchi choy yoki qaynatma iching.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing