O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Misr Arab respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Amani al-Itrni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Elchi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Suhbat davomida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston—Misr hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish va turizm sohasini rivojlantirish borasida tajriba almashishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)