Ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida qayd qilingan o‘ta sovuq ob-havo tufayli kamida 16 kishi olamdan o‘tdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Xususan, Polshada o‘n kishi halok bo‘ldi, Chexiyada olti qurbon qayd qilindi.
Serbiyada ayoz tufayli hukumat favqulodda choralar ko‘rmoqda, jumladan, olis aholi punktlardan odamlarni evakuatsiya qilmoqda.
Qor tufayli ko‘plab YTH qayd etildi, aeroportlarda reyslar bekor qilinmoqda yoki kechikmoqda.
Izoh (0)