Yangilangan Mercedes-Benz GLA’ning eng arzoni qariyb 29 ming yevrodan sotiladi (foto)

Mercedes-Benz kompaniyasi GLA krossoverining yangilangan versiyasini namoyish etdi. “Motor”ning xabar berishicha, model Detroyt avtosalonida debyut qilgan.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Restaylingdan so‘ng modelning old chiroqlari yangilangan, bamperlari biroz qayta ishlangan va unga boshqa falshradiator panjarasi o‘rnatilgan.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Mercedes-Benz GLA’ga buyurtma asosida qo‘shimcha o‘rnattirish mumkin bo‘lgan uskunalar qatorida yorug‘lik diodli asosiy chiroqlar paydo bo‘lgan. Ular eski avlod krossoverlaridagi biksenon chiroqlar o‘rnini egallagan.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Yo‘ltanlamasning motor gammasi 184 ot kuchiga ega benzinli yangi dvigatel bilan to‘ldirilgan. Mazkur yurgizgich GLA 220 modifikatsiyasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, to‘liq uzatmaga ulanish tizimi bilan birga taqdim etiladi.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Motorlar qatorida boshqa o‘zgarishlar yo‘q. Avvalgidek, avtomobillar 150, 211 va 381 ot kuchiga ega to‘rt silindrli, benzinda harakatlanuvchi uch xil motordan biri o‘rnatilgan holda ham ishlab chiqariladi.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Yangilangan GLA’da, shuningdek, atrofni kuzatish tizimi uskunalari, qo‘lda ishlov berilgan charm o‘rindiqlar, to‘qnashuv xavfi yuzaga kelganda avtomatik tormozlanish tizimi hamda orqa bamperdagi datchik yordamida bagajni ochish funksiyasi kabi yangiliklardan foydalanish mumkin.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Yangilangan Mercedes-Benz GLA’ning eng arzon modifikatsiyasi 28 ming 940,8 yevrodan sotilishi aytilmoqda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing