Pokiston birinchi marta suv osti kemasidan yadroviy zaryad tashishga qodir qanotli raketa uchirdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Pokiston bu voqeani samarador minimal tutib turish siyosatini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam deb hisoblaydi”, — deyiladi hukumatning bu boradagi bayonotida.
Uchish masofasi 450 kilometrni tashkil etadigan qanotli raketaning otilishi Hind okeanidagi noma’lum nuqtadan amalga oshirildi.
Izoh (0)