9-yanvar, dushanba kuni ertalab Sinay yarim oroli shimolidagi Al-Arish shahrida blokpostga hujum uyushtirilishi natijasida Misr xavfsizlik kuchlarining olti nafar xodimi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.
Misr OAVlari xabariga ko‘ra, qurolli hujumda bir politsiya ofitseri va besh nafar kuch tuzilmalari xodimlari qurbon bo‘ldi.
Dastlab nazorat-o‘tkazish punktiga kirishda avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma portlab ketgan, so‘ng ekstremistlar granatomyotlardan blokpostni o‘qqa tutgan.
Izoh (0)