Braziliyalik Gabriela Brandao Facebook’dagi sahifasida uning katta buvisi har kuni “Uzuklar hukmdori” filmi qahramoni — elflar yetakchisi Elrondning haykalchasiga sig‘inayotgani haqida hikoya qildi, deb yozadi TJournal.
Qizning so‘zlariga ko‘ra, uning qarindoshi o‘ylab chiqilgan personajni nasroniylarning avliyolaridan biri — avliyo Antoniy bilan adashtirib qo‘ygan.
Gabriela eBay’dan katta buvisinikiga aynan o‘xshash Elrond haykalchasini topdi, biroq u keksa ayolda qanday paydo bo‘lganligini tushuntirib bera olmadi.
Elrond “Uzuklar hukmdori” kitobining bosh qahramonlaridan biri bo‘lib, shu nomli filmda uni aktyor Xyugo Uiving ijro etgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)