• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    O‘zbekcha transfer. O‘rgangan ko‘ngil: Toshkent klublari serblarga xaridor, “Bunyodkor” Gana, “Paxtakor” “Krasnodar” bilan o‘ynamoqchi

    Aleksandr Geynrix

    Aleksandr Geynrix Qozog‘istonda qolishga qaror qildi. Butunlay emas, albatta.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    “Ordabasi” klubi sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi jamoasi bilan Turkiyaga jo‘nab ketadi. U faoliyatini shu klub safida davom ettirishga qaror qilgan. Geynrix faoliyatining so‘nggi yillarini o‘tkazayotgani uchun ham, bu qaror nisbatan to‘g‘ridek ko‘rinadi.

    Odil Ahmedov

    Rossiyadan O‘zbekistonga, O‘zbekistondan Xitoyga yetib borgan Ahmedov, Xitoydan Qatarga uchib ketishga majbur bo‘lgandi. Dohada uning mashg‘ulotlarini rasmdagi mutaxassis kuzatib bordi.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Bu — Bora Milutinovich. Xitoy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqqan va guruhda O‘zbekistonni qoldirib yuborgan murabbiy. Faoliyati davomida bir necha mamlakat bilan mundialga tashrif buyurgan baxtli mutaxassis, JCh—2022 o‘tib olguniga qadar Qatar futboli bilan ishlaydi. U “Shanxay SIPG” mashg‘ulotni kuzatish uchun kelgan.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Mana bu yigitlar esa Qatarda bo‘lib turgan “Bavariya” vakillari. Ular Odil Ahmedovni tanimasa kerak. Biroq Ahmedov Bundesligada to‘p surishni orzu qilgandi, biroq Xitoyga kelib qoldi. Na chora, vaqti bor uning oldinda.

    Ha, aytgancha, “Championat.asia”ning TransferMarkt China otliq manbaning Twitter sahifasiga asoslanib aytishicha, “Shanxay SIPG” Rikardu Karvalyu bilan ham shartnoma imzolagan. O‘z vaqtida Madridning “Real” va Londonning “Chelsi” klublarida o‘ynagan 38 yoshli himoyachi faoliyatini Ahmedov bilan bir jamoada davom ettirar ekan.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Kim oladiyo, shuginaniyo

    Jasur Hasanov

    O‘zbekistonlik futbolchilarning 75 foizi yanvar oyida erkin qushga aylanishi haqida xabar berilgandi. Shunday qushlardan biri Jasur Hasanov.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    O‘tgan mavsumni “Buxoro” klubi safida o‘tkazgan futbolchi sovchi kutish bilan band. O‘z raqamlarini “o‘lja” izlayotgan hammaga berib chiqqan. Birinchi yaxshi qo‘ng‘iroq uning kelgusi 1 yillik taqdirini hal qilishi mumkin.

    Sanjar Shoahmedov

    “Lokomotiv” o‘zining yetakchi futbolchisi Shoahmedov bilan bir to‘xtamga kela olmagan ko‘rinadi. O‘tgan yil ham bu borada qiyinchilik kuzatilib, Shoahmedov shartnomaga eng so‘nggi bo‘lib qo‘l qo‘ygandi. U “Lokomotiv” bilan Amirliklarda bo‘lib turibdi. Shunga qaramay, unga boshqa klublardan ham takliflar bor. Qaysi klublardan ekanigina aniq emas.

    Xorij? Shoahmedov eplab ketishi mumkin. Biroq yaqindagina oila qurgan futbolchining oilasi bunga qanday munosabat bildirarkin?

    Foto: “Lokomotiv”

    Foto: “Lokomotiv”

    “Lokomotiv”

    Kot-d’Ivuardan bo‘lgan ikki futbolchini o‘z safiga qo‘shib olgan “Lokomotiv” Dubayga uchib ketdi. Yangilardan Diyor Turopov va Shuhrat Muhammadiyev ham safda. Avvalroq klub o‘sha yerlarda “Zenit” bilan o‘ynashi ma’lum qilingandi.

    “Bunyodkor”

    Amirliklardan qo‘nim topgan “Bunyodkor”ning ilk raqibi mahallliy “Ash-Shaab” klubi bo‘ladi. Bu haqda jamoaning Twitter sahifasi ma’lumot qoldirgan. Qatarning “Al-Jaish” klubiga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan “qaldirg‘ochlar” uchun bu kerakli o‘yin.

    Gana! Afrika millatlar kubogi uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan Avram Grant jamoasi 10-yanvar kuni “qaldirg‘och” ovlaydi. 17-yanvar kuni ganaliklar Ugandaga qarshi rasmiy o‘yinda maydonga tushadi. O‘sha uchrashuvga ko‘tarinki kayfiyatda yetib borish uchun, qandaydir klub chiroyli, iloji bo‘lsa yirikroq hisobda mag‘lub etilishi kerak. Masalan, “Bunyodkor”.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Kelishuv o‘zbekistonlik futbol muxlislarini quvontirishi tabiiy. O‘zbekiston milliy terma jamoasi oddiy klublar bilan o‘ynaganida ta’bi xira tortadigan muxlislar, bizning klublar ham nomi chiqqan termalarga qarshi o‘ynashi mumkinligini hazm qilishga harakat qiladi.

    Ma’lumot uchun, Gana termasi safida Asamoa Gyan, Emmanuel Agemang Badu, Andre Ayyu, Jonatan Mensa, Kristian Atsu, Vakaso Muborak, Jordan Ayyu kabi futbolchilar bor. Zo‘r-a?

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Bu “Bunyodkor” istiqomat qilayotgan mehmona. Bu ham zo‘r, to‘g‘rimi?

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Bu serbiyalik futbolchi Aleksandar Ignatovich. 1988-yil dunyoga kelgani aytilgan, hozirga kelib bo‘yi 192 santimetrga yetgan. Yana o‘sadi yoki yo‘q, aniqlik kiritilmagan.

    Mazkur futbolchi “Bunyodkor”da ko‘rikdan o‘tadi. Serbiya yoshlari safida 2 ta o‘yin o‘tkazgani, bir vaqtlar Gollandiyaning “Feyenoord” klubiga ijaraga berilib, maydonga umuman tushmaganidan bo‘lak aytishga arzigulik ma’lumoti yo‘q.

    “Bunyodkor” rahbari esa odatda bir yil o‘ynatib ko‘rib, keyin “legionerlar ishonchni oqlamadi”, deyishni xush ko‘radi. Futbolchi Sergey Lushchanning talablariga qanchalik mos kelishini yaqin orada bilib olish mumkin.

    “Paxtakor”

    O‘ziga raqobatchi bo‘lgan uch klub dunyo kezganida, “Paxtakor” bir chekkada qarab turadimi? O‘zbekiston chempionatida “kuchli” beshlikka kirish uchun ham Amirliklada yig‘in o‘tkazish talab etiladi.

    “Paxtakor” 15-yanvar kuni BAAga yo‘l oladi va 30-yanvarga qadar Toshkentda ko‘rinmaydi. Sharjada yashash Dubaydan arzonroqmidi, xullas shu variantda to‘xtalingan.

    Odil Ahmedovni Xitoyga pullab yuborgan “Krasnodar” Toshkent klubiga qarshi maydonga tushishga rozi bo‘lgan. Jamoa matbuot xizmatining xabar qilishicha, “Paxtakor”ga qarshi o‘yin 25-yanvar kuni o‘tkaziladi.

    Yana serbiyalik?

    Albatta, “Paxtakor”ning shu mamlakat futbolchilariga ishqi bo‘lakcha. 10 santimetri kam 2 metrlik Mario Maslach Toshkentga yetib kelib, murabbiylar ko‘rigida bo‘lib turibdi. Yoqsa, olib qolinadi. Yoqmasa qo‘liga 2 ta non berib...

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Maslach Serbiya yoshlar terma jamoasi safida 2011-yil o‘ynagan, 1990-yilda tug‘ilgan. Rasmidan jiddiy odamga o‘xshaydi, o‘yini haqida ma’lumot yo‘q. Mario ismli yaxshi futbolchilar bor. Masalan, Balotelli, Manjukich, Gomes... Maslach qanday bo‘lib chiqishini vaqtdan boshqa hech narsa ko‘rsatib bera olmaydi.

    “Obod”

    Uchta “akasidan” farqli o‘laroq, Rauf Inileyev boshchilik qilayotgan poytaxtning “Obod” klubi kamtargina bo‘lib Toshkentda yuribdi. Klub o‘zi uchun sparing raqib ham topgan.

    Foto: “Obod”

    Foto: “Obod”

    Kuniga ikki mahal yugurib yurgan jamoa futbolchilari 10-yanvar kuni Qozog‘istonning “Maxtaaral” klubi bilan bellashadi. Qo‘shni respublikada shunday klub borligini endi bildik. Katta ehtimol bilan ular ham O‘zbekistonda “Obod” borligini yaqinda bilgan.

    08.01.2017, 17:36   Izoh (0)   18824
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Odil Ahmedov bilan 2001-yildan beri bir xilda suratga tushadigan Yoqub Ahmedov ukasiga “qayerda o‘ynasa ham, sog‘-salomat yurishni” tiladi

    02.01.2017, 18:49

    Odil Ahmedovni sotgan klublar hech qachon zarar ko‘rmagan. Futbolchining barcha transferlari — bitta suratda

    30.12.2016, 19:09

    Samvel Babayan O‘zbekiston milliy termasi sardori Odil Ahmedovning Xitoy klubiga o‘tganini rad etdi

    29.12.2016, 18:56

    Hasanboy Do‘stmatov O‘zbekistonda yil sportchisi deb topildi va 10 ming dollar bilan taqdirlandi

    28.12.2016, 21:29

    Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Managuadagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kaltaklandi

    25.12.2016, 16:52

    Krishtianu Ronaldu Falastinda yil odami deb tan olindi

    23.12.2016, 01:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.