OPEK bosh kotibi Muhammad Barkindo neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha Saudiya Arabistoni yetakchilik qilayotganini bildirdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“OPEKning ayrim davlatlari, shu jumladan, Saudiya Arabistoni, kelishuv bo‘yicha hajmlarni qisqartirishda yetakchilik qilmoqda”, — dedi Barkindo.
30-noyabr kuni OPEK sakkiz yil ichida birinchi marta neft qazib olishning sutkalik hajmini 1,2 million barrelga qisqartirishga qaror qildi. 2017-yil 1-yanvaridan sutkalik ko‘rsatkich 32,5 million barrelni tashkil etishi aytilgan.
Izoh (0)