Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh—2018 yo‘lidagi raqibi — Eron termasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush o‘z lavozimini tark etishga qaror qildi, deb xabar bermoqda “Championat.asia”.
63 yoshli mutaxassis Eron terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etish sabablarini Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Qadrli do‘stlar, Eron futbol federatsiyasi prezidenti bilan besh soatlik muzokaralardan so‘ng terma jamoadan ketish haqida ariza yozdim. Terma jamoaning JCh–2018 saralash bahslariga tayyorgarlik rejalarini amalga oshirish uchun hech qanday sharoit yo‘qligi, futbol federatsiyasiga qarshi bo‘lganlarning ko‘pligi, terma jamoa g‘alabasini o‘ylamaydigan sport agentlari borligi uchun bu qarorga keldim. Mag‘lubiyatsiz bir yil, JCh–2018 saralashi 3-bosqichida guruhda birinchi o‘rinda bo‘lganimiz, FIFA reytingida Eron Osiyoning eng kuchli jamoasi bo‘lganidan keyin ham Eron futbol federatsiyasi tayyorgarlik rejasini amalga oshirish uchun hech qanday sharoiti hamda vakolati yo‘qligini aytmoqda.Avvalroq “Persepolis” klubining bosimi sabab Karlush Keyrush 7 nafar futbolchini terma jamoada ushlab qololmagani haqida xabar berilgadi.Karlush Keyrush, mutaxassis
Ma’lumot uchun, JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin Eron 11 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Janubiy Koreya 10 ochko bilan 2-o‘rindan joy olgan. O‘zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan 3-pog‘onada bormoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)