Polshada oxirgi ikki sutka mobaynida sovuq ob-havo tufayli o‘n kishi halok bo‘ldi. Qor va ayoz qurbonlari soni o‘sishi mumkin, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
“Juma kuni (6-yanvar) yetti kishi olamdan o‘tdi. Bu bir kun uchun eng katta ko‘rsatkich bo‘ldi”, — ma’lum qildi Polsha davlat xavfsizlik markazi vakili.
7-yanvar kuni mamlakatning qator mintaqalarida havo minus 14 daraja bo‘lishini prognoz qilmoqda. Politsiya odamlarni sovuqdan himoyaga muhtoj kishilarga, ayniqsa uysizlarga yordam berishga chaqirmoqda.
Izoh (0)