Kuba 50 yildan beri birinchi marta AQSh bilan tovar eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Yaqin orada Kuba AQShga ko‘mir partiyasini yetkazadi, shundan so‘ng Kuba kompaniyalari boshqa tovarlar savdosini boshlab yuborishga hozir, deb xabar beradi TJournal.
AQShga yetkaziladigan ilk partiya 40 tonna pista ko‘mir bo‘ladi. 17 ming dollarlik tovar 18-yanvar kuni yuborilishi kutilmoqda.
“Kubaeksport” kompaniyasi vakili Izabel O’Reylining so‘zlariga qaraganda, ushbu birinchi eksport mahsuloti amerikaliklarga “ajoyib sifatga ega mahsulotdan foydalanish imkoniyatini beradi”.
Kuba oltita mamlakatga yiliga 80 ming tonnagacha ko‘mir eksport qilishi kutilmoqda. AQShdan tashqari, muzokaralar Germaniya va Buyuk Britaniya bilan olib borilmoqda.
Izoh (0)