BAAning Dubay shahrida 4-yanvar kuni Osiyo kurash konfederatsiyasi (KCA)ning navbatdan tashqari Kongressida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) prezidenti maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan o‘zbekistonlik Komil Ro‘ziyev KCA prezidenti etib saylandi. Bu haqda IKA matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
IKA prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan kuvaytlik Haydar Farmon 2013-yildan buyon Osiyo kurash konfederatsiyasiga ham rahbarlik qilayotgan edi. Haydar Farmon KCA prezidenti lavozimiga Komil Ro‘ziyev nomzodini ilgari surdi va konfederatsiyaga a’zo 25 davlat vakillarining barchasi nomzodni qo‘llab-quvvatladi.
Kongressda, shuningdek, 2018-yili Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish va mintaqada kurash sport turini rivojlantirish masalalari va boshqa tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)