Boliviyaning janubiy qismida, Chili chegarasidan 37–38 kilometr narida 5,6 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda, Rossiya Fanlar Akademiyasi Yagona geofizika xizmati Sayan-Oltoy filialiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Ma’lumotga qaraganda, ofat epitsentri Chilining Kalama shahridan 138 kilometr sharqroqda joylashgan edi.
Zilzila seysmologlar tomonidan “shiddatli” sifatida baholanmoqda.
Izoh (0)