3-yanvar kuni tushib ketgan neft narxlari sekin-asta qayta tiklanmoqda, investorlar neft qazib olish hajmlarining qisqartirilishi bo‘yicha kelishuvlarga rioya etilishini kuzatib bormoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Londonning ICE Futures birjasida Brent rusumli neftning mart oyi fyucherslari 0,17 dollarga yoki 0,31 foizga oshib, barreliga 56,64 dollarni tashkil qildi.
Nyu-York tovar birjasi (NYMEX) tizimidagi elektron savdolarida WTI neftining fevral fyucherslari narxi 0,16 dollarga yoki 0,31 foizga oshib, barreliga 52,49 dollarni tashkil qildi.
3-yanvar kuni WTI 2,6 foiz, Brent esa 2,4 foiz narx tashlagan edi.
Izoh (0)