Vice jurnalisti Devid Allegretti do‘sti bilan nur qaytaruvchi nimcha yordamida kinoteatr, Coldplay konserti, shuningdek, Melburn hayvonot bog‘iga tekinga kirganligi haqida hikoya qildi, deb yozadi Meduza.
To‘siq ortida yoki qo‘riqchilar yonidan nimchadagi odam o‘tib ketayotganligini ko‘rsangiz tabiiyki, u ichkarida biror yumush uchun kerak deb o‘ylaysiz.Jurnalist va uning do‘sti Shon tajribani kinoteatrdan boshladi. Ular nimchalarni kiyib, kassadan o‘tib, birinchi duch kelgan zalga kirdi va “Yangi yil bazmi” filmini tomosha qildi.Devid Allegretti
Shundan so‘ng ular Melburn hayvonot bog‘iga kirishga urindi. “Biz kirish oldida 15 daqiqacha ikkilanib turdik. Men ham, Shon ham kira olishimizga ishona olmadik”, — deydi jurnalist.
Shunga qaramasdan, do‘stlar hayvonot bog‘iga kirishga erishdi, Shon hatto hayvonot bog‘i xodimlari bilan salomlashdi.
Shu kunning o‘zida shaharda Coldplay guruhi konsert bergan. Devid va Shon stadionga chiptasiz kirishga urinib ko‘rishga qaror qildi. Buning uchun ular stadion ishchilaridan ajralib turmaslik uchun sariq nimchalarni to‘q sarig‘iga almashtirdi. Allegretti Shonning “narigi tomonda” do‘sti bo‘lganligi va konsertga kirishga u ham yordam berganligini tan oldi.
Sayyohlik avtobusida esa ular tekinga sayr qilishga erisha olmadi, haydovchi ularning avtobusga chiqishiga ruxsat bermadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)