2016-yilgi mavsumni “Andijon” futbol klubida o‘tkazgan Bobur Akbarov faoliyatini Malayziyada davom ettiradi. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar berdi.
Malayziya chempionatining so‘nggi mavsumini 5-o‘rinda yakunlagan “Kuala Lumpur” klubi Akbarov bilan 1 yillik kelishuvga erishdi. “Andijon” bilan tuzilgan shartnoma yakuniga yetgani uchun, Bobur Akbarov Malayziya klubiga erkin agent sifatida tashrif buyurgan.
“Andijon” safida himoyachi o‘tgan mavsum 24 ta o‘yinda maydonga tushgandi. 1989-yilda tavallud topgan Bobur Akbarov bunga qadar “Guliston”, “Bunyodkor”, “Navbahor” kabi klublar sharafini himoya qilgan.
Yangi yildan oldin so‘nggi mavsumni “Andijon” safida o‘tkazgan boshqa bir futbolchi Javlon Guseynov Tailandning “Chainat Xonbill” klubi bilan kelishuvga erishgandi.
Ma’lumot uchun, Malayziyaning “T-Tim” klubi Shavkat Salomov va Farhod Tojiyevni o‘z safiga qo‘shishga yaqin. Bu klubda yana bir o‘zbekistonlik Dilshod Sharofutdinov to‘p suradi.
Izoh (0)