Xitoy hukumati tarixda birinchi marta smog tufayli umummilliy darajada xavfning eng yuqori — qizil darajasini e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Tahdid shimoliy va sharqiy provinsiyalarda amal qilmoqda.
Milliy meteorologiya markazining ma’lum qilishicha, mamlakat shimoli-sharqida, shu jumladan, poytaxt Pekinda ko‘rish masofasi 500 metrdan pastga tushib ketishi mumkin. Alohida tumanlarda bu ko‘rsatkich hatto 50 metrni tashkil etishi kutilmoqda.
The Guardian azborotiga ko‘ra, 2017-yil 1-yanvarida Pekinda zararli zarralar miqdori me’yoridan 24 barobar ko‘p edi. Poytaxt aeroportida 100 ta reys bekor qilindi.
Izoh (0)