Turkmaniston Eron milliy gaz kompaniyasining qarzi tufayli ushbu mamlakatga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda Turkmaniston TIV bayonot tarqatdi, deb xabar beradi “TASS”.
Bayonotda ta’kidlanishicha, Eron milliy gaz kompaniyasi 2013-yildan buyon muqaddam yetkazilgan gaz uchun qarzdorlikni tugatishga “yetarlicha harakat qilmayapti”. Buning natijasida katta miqdorda qarzdorlik to‘planib qoldi, bu esa Turkmaniston gaz-transport infrastrukturasini saqlashda moliyaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Ta’kidlanishicha, 2016-yilda Eron qarzdorlik yuzasidan bir necha marta ogohlantirilgan, ammo bunga biror javob bermagan yoki kerakli sa’y-harakatlarni amalga oshirmagan.
Izoh (0)