Estoniya fuqarosi Rossiya shimoli-g‘arbidagi Ivangorod shahrida Rossiya chegarasidan o‘tayotganda qarg‘a uning pasportini o‘g‘irlab ketdi, deb yozadi Meduza.
Shimoli-g‘arbiy bojxona boshqarmasi vakillarining ma’lum qilishicha, qush estoniyalikning qo‘lidan hujjatni yulib olgan va uchib ketgan. Bojxona xodimlari qarg‘ani itlar yordamida tutishga uringan, biroq qushni topa olmagan.
Pasport bir necha kundan keyin topildi. Qarg‘a uning bir varag‘ini uzib olgan va bojxona punkti yaqiniga tashlab ketgan.
Pasport yo‘qolganligi Ivangorod politsiyasida rasmiylashtirildi hamda fuqaro vataniga qaytishi uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni olishi uchun Estoniyaning Sankt-Peterburgdagi konsulligi manzili berildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)