Rio-de-Janeyro harbiy politsiyasi xodimi, 29 yoshli Serjiu Moreyra Filyu Gretsiyaning Braziliyadagi elchisi Kiriakos Amiridisni o‘ldirishga sherikligini tan oldi. Bu haqda, Veja jurnaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
26-dekabr oqshomidan so‘ng bedarak yo‘qolgan Amiridisning jasadi yonib ketgan mashina ichidan topildi.
Moreyra Filyu qo‘l urgan jinoyatning motivi sifatida uning elchining rafiqasi bilan ishqiy aloqasi ko‘rsatilmoqda. Rio-de-Janeyro politsiyasi sudga murojaat qilib, elchining rafiqasi hamda yana uch gumondorni hibsga olish ruxsatnomasini so‘radi.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, elchi Rio-de-Janeyroda turgan mehmonxonada o‘ldirilib, 28-dekabr kechasi olib chiqilgan va ijaraga olgan mashinasi ichida yoqib yuborilgan.
Izoh (0)