AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalaridan so‘ng Fransiya TIV maxsus bayonot bilan chiqib, uning suverenitetiga hamda ichki ishlariga aralashish holatlarini jiddiy kuzatishini va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymasligini bildirib o‘tdi. Bu haqda Fransiya TIV rasmiy vakili Romen Nadal bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Biz AQSh ma’muriyatining qarorini inobatga olib qo‘ydik”, — ta’kidladi u.
AQSh Rossiyani xakerlik hujumlarida ayblaganiga izoh berarkan, Nadal Fransiya ichki ishlariga bu yo‘l bilan aralashuviga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.
“Fransiya uning suvereniteti va demokratik irodasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakatlarni sinchiklab kuzatib boradi”, — dedi diplomat.
29-dekabr kuni Obama imzolagan farmonga binoan Rossiyaning bir qator kompaniya va fuqarolariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etildi. O‘sha kuni AQSh 35 nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishi ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)