Xitoyning Szilin provinsiyasida istiqomat qiluvchi 64 yoshli ayol ona bo‘ldi. U mamlakatda eng keksa yoshda farzand ko‘rgan ayol bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ayolning ko‘zi 28-dekabr kuni Chanchun shahridagi shifoxonalardan birida yoridi. Bola kesarcha kesish bilan tug‘dirildi, uning vazni — 3,7 kilogramm.
Ayol ekstrakorporal yo‘l bilan homilador bo‘ldi. Yaqinda uning yagona o‘g‘li olamdan o‘tgani bois u shunday qaror qabul qildi.
Izoh (0)