Niderlandiyaning N=5 reklama agentligi uysizlar uchun to‘lov terminallari joylangan kurtkalarni ishlab chiqardi. U Amsterdam aholisiga xayr-ehsonni kontaktsiz bank kartalari yordamida berish imkonini beradi, deb yozadi Stock News.
Ishlab chiqaruvchilar naqd pulsiz to‘lovlarning ommalashishi uysizlarning hayotini yanada qiyinlashtirdi deb hisoblaydi. Aksariyat hollarda o‘tkinchilarning yonida naqd pul bo‘lmaganligi sababli tilanchilik qilib, pul topish deyarli imkonsiz ishga aylandi.
Ichiga to‘lov terminali o‘rnatilgan kurtka bu muammoni hal etadi. Bir yevro ehson qilish uchun kontaktsiz bank kartasini kurtka egasi ko‘kragiga bir necha soniyaga yaqinlashtirish kifoya qiladi.
To‘plangan pullar uysizlarga yordam markazi hisobiga o‘tadi. Markaz xodimlari mablag‘larning oqilona sarflanishini nazorat qilishi va pullar alkogol yoki narkotik vositalariga sarflanishiga yo‘l qo‘ymasligi taxmin qilinmoqda.
Agentlik kurtkalarning bir nechta prototipini tayyorladi va ularni amsterdamlik uysizlarga tarqatdi. Agar sinov muvaffaqiyatli yakunlansa, loyiha kengaytirilishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)