Proton Light tashuvchi raketasining uchirilishi bilan bog‘liq xarajatlar 50–55 million dollarni tashkil etadi. Bu AQShning SpaceX kompaniyasiga tegishli Falcon 9 raketasi narxidan 10 million dollarga arzonroqdir, deb ma’lum qiladi “TASS”.
“Bozorga yengillashtirilgan versiyani chiqarishga qaror qilindi. Proton Light tijoriy foydalanishga mo‘ljallanadi... Bu go‘zallikning narxi 50–55 million dollar atrofida bo‘ladi”, — ma’lum qildi Rossiyaning “Texnomash” tashkiloti (“Roskomos”ning bosh korxonasi) bosh direktori Dmitriy Panov Facebook’dagi sahifasi orqali.
Panov ijtimoiy tarmoqdagi postiga “Chemberlenga ham, Ilon Maskka ham javobimiz” deb nomladi. Bu bilan u Rossiya ishlab chiqargan raketa AQShning eng old muqobilidan ancha ustun turishiga ishora qildi.
Falcon 9 ning narxi 62 million dollarga baholanadi.
Izoh (0)