Apple kompaniyasi qurilmalarni simsiz zaryadlaydigan stolni patentladi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Ushbu g‘oya yangi emas, avvalroq IKEA shunga o‘xshash jihozni taqdim etgan edi.
“Virtual zaryadlash zonasi” nomli patent arizasi 2013-yilda berilgan, ammo Amerika patentlar va savdo belgilari byurosi uni endigina tasdiqladi. Hujjatda aytilishicha, stolning yuzasi tekis bo‘lmasligi mumkin — ma’lum joylarga magnit maydoni generatorlari joylashtiriladi, gadjetlar ulardan quvvat oladi.
Patent arizasining ma’qullanishi iPhone 7s, 7s Plus yoki 8 simsiz quvvat olish funksiyasiga ega bo‘lishini qisman tasdiqlaydi, deb yozadi nashr.
Izoh (0)