Motor nashri eng g‘alati 20 ta politsiya avtomobillari haqida ma’lumot berib, ularning suratlarini taqdim qildi.
“Sovun idishi”
Politsiyasi Kit Uoller o‘z qo‘llari bilan ushbu “san’at asari”ni yaratgan. Muallifning fikricha, ushbu loyiha huquq-tartibot xodimlarida yumor hissi hamda jamiyat bilan aloqani yaxshilash istagi borligini ko‘rsatib bergan. Mazkur transport vositasi 5 ta tezlikka ega bo‘lib, soatiga 35 kilometrgacha tezlik olishi mumkin.Cushman Threewheeler NYPD
Nyu-Yorkda avtoturargoh politsiyachilari uchun uch g‘ildirakli – Cushman Threewheeler NYPD mashinasi ishlab chiqarilgan.BMW Isetta
Yashil qurbaqaga o‘xshaydigan mikroavtomobil aslida Germaniya politsiyasi uchun xizmat qilgan. Avtomobil BMW mexaniklari tomonidan yig‘ilgan. 2016-yilning boshida BMW Isetta kimoshdi savdoda 90 ming dollarga sotilgan.Smart Fortwo NYPD
Mashina yoqimli ko‘rinsa-da, uning ichi juda tor. Politsiyachilar sevib iste’mol qiladigan kulchalar uchun joy yo‘q, sheriklar orasidagi o‘rindiqlar esa bir-biriga juda yaqin joylashgan.Disneyland Police Anaheim
Golf o‘yinlari uchun mo‘ljallangan mitti mashina Disneyland istirohat bog‘larida foydalaniladi.AMC Pacer
Mazkur xetchbek bir necha yil davomida giyohvandlikka qarshi kurash dasturi doirasida xizmat qilgan. Mashina tezkor bo‘lmagani uchun asosan ijtimoiy reklamalarda ishlatilgan.Nissan Leaf
Biroz badbashara ko‘rinsada, Nissan Leaf’ning baland ovoz chiqarmasligi jinoyatchilarni pistirmadan ushlashga yordam beradi.Nash Metropolitan
Nash Metropolitan 1950-yillarda ishlab chiqarilgan. Mashina ko‘proq multfilm qahramonlariga o‘xshab ketadi.Volkswagen Santana
Passat’ning ikkinchi avlod Braziliya varianti 1984–2006-yillarda ishlab chiqarilgan. Xitoyda esa ushbu avtomobilning ishlab chiqarilishi 4 yil avval tugatilgan. Arzon, oddiy va badbashara sedan San-Paulo va boshqa yirik shaharlarning politsiya xodimlariga xizmat qilgan.Caparo T1 RRV
Gordon Myurreyning ikkinchi superkari juda zo‘r edi, ammo u tijoriy muvaffaqiyat keltirmadi. Ushbu avtomobil 2,5 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikni olishi mumkin.Triumph 2000
Hamma tomonlaridan chiroqlar, oyna va boshqa turli moslamalar bilan jihozlangan sedan ko‘proq o‘zga sayyoralikka o‘xshardi. Og‘irkarvon va tez bo‘lmagan mashina 1970-yillarda jinoyatchilarni unchalik ko‘rqitmagan bo‘lsa-da, ko‘pchilikning ko‘zini “yaralagan”.Blinky
1970-yillarda Torontoda bolalarning yo‘llrda xavfsizligini ta’minlashga katta e’tibor qaratilgan edi. Buning uchun maxsus ijtimoiy dastur ishlab chiqilgandi. Natijada Blinky – Plymouth Fury’ning modifikatsiya qilingan varianti dunyoga keldi. Harakat vaqtida avtomobil ko‘z qisib qo‘yardi.Hummer H2
Texas shtatidagi sherifga tegishli ulkan mashina. Hummer H2 ning dvigateli hajmi 7 litrga teng.Hanomag L28 GrupKW
Hanomag 1953-yilgacha oddiy yuk mashinasi edi. Keyinroq ishlab chiqaruvchi davlatdan buyurtma olib, shtab mashinalarini ishlab chiqara boshladi. Politsiyaga shaxsiy tarkibni tezkorlik bilan boshqa joyga ko‘chirish uchun transport vositasi kerak bo‘lgan.Bombardier B12
Kanada tundralarida brakonyerlarlar ortidan quvish, bedarak yo‘qolganlarni qidirish va qiyin vazifalarni bajarish bilan Bombardier B12 vezdexodi shug‘ullangan. Mashina o‘z saloniga 12 kishi va qariyb 1 tonna yukni sig‘dira oladi.The Rook
Kichik vezdexod zirh bilan o‘ralgan, uning ko‘tarish mexanizmiga o‘q o‘tkazmaydigan platforma mahkamlangan. Mashina 4 nafargacha maxsus qism xodimini sig‘dira oladi va ikkinchi qavatgacha bo‘lgan balandlikka ko‘tarila oladi.Zijing Qingyuan
Eng g‘aroyib politsiya mashinalaridan biri Xitoyda ishlab chiqarilgan. Zijing Qingyuan’ning sferaga o‘xshash kabinasi atrofni butunlay ko‘rish imkoniyatini yaratadi.Renault BRI
Bu – o‘zgacha mashina. Renault BRI Fransiya politsiyasi buyurtmasiga asosan loyihalashtirilgan. Ushbu mashina xavfli sanalgan va voqea joyiga yaqin kelish kerak bo‘lgan operatsiyalarda foydalanilgan.Terberg Techniek TT 2223-220
Terberg norozilik namoyishlarini bartaraf qilish uchun ishlatilgan. Mashina bak hajmi 8 000 litrli kuchli suv purkagich bilan jihozlangan.“ZiL Karatel”
“Karatel” – afsonaviy-mashina. Avtomobil go‘yo bordek, go‘yo yo‘qdek. Mashinaning bir necha prototipi yig‘ilgan edi, ammo biror marta ham xizmatga chiqmadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)