Eron O‘rta Osiyo mamlakatlari — Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston bilan yagona temir yo‘l tarmog‘ini yaratish bo‘yicha muzokaralar boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Bu muzokaralar prezident Hasan Ruhoniyning O‘rta Osiyo mamlakatlariga yaqinda uyushtirgan tashrifi natijasi o‘laroq boshlandi”, — dedi Eron temir yo‘l kompaniyasi rahbarining o‘rinbosari Mirhasan Musaviy.
Uning so‘zlariga qaraganda, Eron, Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikistonning tegishli idoralari rahbarlari bu masaladagi birinchi uchrashuvni o‘tkazib bo‘ldi. Keyingi uchrashuv yarim yildan so‘ng bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)