Angliya milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Pol Goskoyn London otellaridan birida kaltaklandi va shifokoxonaga yetkazildi. Bu haqda “Chempionat” Daily Mail’ga asoslanib xabar berdi.
Manbaning qayd etishicha, Goskoyn mast holatda bo‘lgan. Shu boisdan u jamoat tartibini buzgan, irqchilik mazmunidagi gaplar bilan odamlarning asabiga tekkan.
Otelga tashrif buyuruvchilardan biri sobiq futbolchi bilan tortishib qoldi. Bu esa yakunda mushtlashuvga aylanib ketdi. Yakunda Goskoyn zinadan uloqtirib yuborildi va bosh-miya jarohati bilan shifoxonaga yetkazildi.
Ma’lumot uchun, Pol Goskoyn o‘z vaqtida Premyer-Liganing “Nyukasl”, “Midlsbro”, “Everton”, “Tottenhem” klublarida to‘p surgan. Rimning “Latsio” va Glazgoning “Reynjers” klublarida ham o‘ynagan.
Izoh (0)