Latviya banki “Yer” shaffof tangasini chiqardi. Kolleksiya uchun chiqarilgan tanga nominali 5 yevroni tashkil etadi, biroq u 85 yevrodan sotiladi, deb yozadi Meduza.
Tanga uch qismdan iborat. Tashqi qismi — kumush halqa; o‘rta qismi — Perlucor markali shaffof keramika (shpinel); markazda kumushdan ishlangan Yer modeli.
“Yer” tangasini zarb etish g‘oyasi 2015-yilda Latviya banki tomonidan o‘tkazilgan eng innovatsion yevro tanga tanlovida g‘olib bo‘lgan edi. Yarim shaffof tanga adadi besh ming nusxani tashkil etadi.
Shpinel yuqori kimyoviy va termik barqarorlikka ega ekanligi bilan ajralib turadi. Perlucor materiali esa tibbiyot, optika va harbiy texnikada ishlatiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)