Yaponiya kompaniyalari Rossiya–Yaponiya energoko‘prigi qurilishiga 11 mlrd dollar ajratishga tayyor. Bu haqda “Rosseti” kompaniyasi direktori Oleg Budargin Kaliningradda jurnalistlar bilan o‘tgan suhbatda ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Shu yilgi Peterburg forumida Yaponiya kompaniyalari bizlarga chiqib, ikki davlat o‘rtasida energoko‘prik qurish taklifini berdi”, — dedi Budargin.
U mazkur masala bir necha o‘n yildan buyon muhokama etib kelinayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ilgari tashabbuskor tomon Rossiya hisoblanardi, lekin bu safar, Budarginning so‘zlariga qaraganda, Yaponiya kompaniyalari loyihaga 11 milliard dollar mablag‘ ajratishga tayyorligini bildirmoqda.