Twitter foydalanuvchisi Jennifer Ramos ikki singlisi vafot etgan buvasining ovozi yozilgan yumshoq ayiqchalarni olganligi aks etgan videoni joylashtirdi. Rolikka Buzzfeed e’tibor qaratdi, deb yozadi TJournal.
2016-yilda ularning oilasi haqiqiy fojiani boshdan kechirdi. Avtomobillarni yuvish shoxobchasiga qilingan hujumda 56 yoshli Florensio Ximenes insult oqibatida halok bo‘ldi.
Jenniferning ikki singlisiga halok bo‘lgan buvasining ovozi yozilgan yumshoq ayiqchalar sovg‘a qilishdi.
“Bayramlarda buvam doim yonimizda bo‘lishiga ko‘nikib qolgan edik. Uning oramizda emasligi juda qayg‘uli”, — deydi Jennifer.
Ovozli xabarlar Ximenes vafotidan bir muddat avval yozib olingan videoklipdan qirqib olingan. Jennifer singillari hech qachon buvasining ovozini unutmaydi va endi ularga ko‘mak kerak bo‘lganda uning ovozini eshita oladi, deb hisoblaydi.
Izoh (0)