Turkiya AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyadan Suriya hududida unga havodan yordam ko‘rsatishni so‘radi. Bu haqda WHIO xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Xalqaro koalitsiya al-Bob uchun jangda bizga havo ko‘magini taqdim etib, shu bilan o‘z burchini bajarishi shart, — dedi Turkiya prezidentining matbuot kotibi Ibrohim Qalin. — Bunday yordam ko‘rsatilmasligi mumkin emas, bu bizga muhim”.

Qalin, shuningdek, al-Bob shahri uchun janglarda o‘ldirilgan terrorchilar soniga aniqlik kiritdi. Uning ma’lumotlariga qaraganda, Turkiya harbiylari hamda ularning ittifoqchilari — Suriya ozod armiyasi otryadlari 226 radikalni yo‘q qilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.