Yaqin kunlarda Iroqning Mosul shahrini IShID jangarilaridan tozalash bo‘yicha operatsiyaning yangi bosqichiga kirishiladi. Bu haqda Iroq armiyasiga operatsiyada ko‘mak berayotgan AQSh harbiylari batalyoni komandiri podpolkovnik Styuart Jeyms Reuters’ga bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, AQSh qo‘shinlari bevosita Mosul fronti yaqinida joylashadi. Ayni paytda kuchlar va qurollar Mosulning sharqiy qismiga tashlanmoqda.
“Bu bir necha kun ichida boshlanadi”, — ma’lum qildi harbiy amaldor.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)