Saudiya Arabistonining 2017-yilga mo‘ljallangan budjeti loyihasiga mamlakat neft eksportidan 127 milliard dollar daromad ko‘rishi kiritilgan. Bu 2016-moliyaviy yilga nisbatan 46 foizga ko‘p, deya xabar beradi “TASS”.
Loyihada neft barreli uchun qanday narx belgilangani oshkor etilmagan. Joriy yil budjetida bu ko‘rsatkich barrel uchun 43 dollarga teng edi. Budjet yetishmovchiligi esa yalpi ichki mahsulotning 10 foizi yoki 79 milliard dollarni tashkil etdi.
Kelgusi moliyaviy yil rejasida budjet yetishmovchiligi 52,8 milliard dollar atrofida belgilandi. Shu tariqa mamlakat rasmiylari 2016-yilga nisbatan budjet yetishmovchiligini 33 foizga kamaytirishni rejalashtirmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)