Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Yangi yil arafasida Ukraina sobiq prezidenti Leonid Kuchma bilan sovg‘alarni ayirboshlashdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Belarus yetakchisi Ukrainaning ikkinchi prezidentiga 2017-yilning ramzi — xo‘rozni sovg‘a qildi. O‘z navbatida Leonid Kuchma do‘stiga italiyalik mutafakkir Nikkolo Makiavellining asarlari to‘plamini taqdim etdi.
Avvalroq Belarus prezidenti Kuchma bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi. Ular uchrashuvda Belarus-Ukraina aloqalarining hozirgi holati va istiqbollarini, Ukraina sharqidagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha uch tomonlama aloqa guruhining Minsk maydonchasidagi ishini muhokama qildi.
Izoh (0)