Olimlar 2013-yil fevralida qulagan “Chelyabinsk” meteoriti “hayoti”ning bosqichlarini rekonstruksiya qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Fanlar Akademiyasi meteoritlar bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi professor Viktor Groxovskiy jurnalistlarga hikoya qilib berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Biz ‘Chelyabinsk’ meteoriti tarixini tikladik. U bir necha bosqichdan iborat. Ular jismning hosil bo‘lishidan Yerga qulashigacha bo‘lgan evolyutsiyasini aks ettiradi. Dastlab sayyora asosi hosil bo‘lgan, so‘ng muhim voqealar bo‘lib o‘tgan, nihoyat, oxirgi zarbdor hodisa natijasida ob’ektning bir qismi ajralib chiqqan. Kometa bilan urilish bo‘lgani ham taxmin qilinadi. Shundan keyin u atmosferaga kirib kelgan, parchalangan, Chelyabinsk viloyatiga qulagan va topilmalar asosida o‘rganilgan”, — ma’lum qildi mutaxassis.
“Chelyabinsk” meteoriti Yer atmosferasiga 2013-yil 15-fevralida kirgan edi. U 30–50 kilometr balandlikda atmosferada kuchli portlash keltirib chiqardi va parchalarga bo‘linib, Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi turli nuqtalarga quladi.
Izoh (0)