Belgiyaning Anden shahrida NATO bosh auditori Iv Shandelonning tanasi topildi. Bu haqda, Sudpresse nashriga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Uning tanasi ish joyidan 140 kilometr, o‘zi yashaydigan Lens shahridan esa 100 kilometr naridan topildi.
Erkak o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda, ammo uning oila a’zolari bu fikrga qo‘shilmayapti.
62 yoshli Shandelonning nomiga uchta o‘qotar qurol sotib olingan, lekin uning tanasi yaqinidan birorta qurol topilmadi.
Shandelonning tanishlari oxirgi paytlarda u g‘alati qo‘ng‘iroqlar bo‘layotganidan noliganini aytmoqda.
Izoh (0)