Xitoy tilida “qoida, reglament” ma’nosini beruvchi “guy” iyeroglifi Xitoyda 2016-yilning ramzi deb e’lon qilindi. Bu haqda XXR lingvistik resurslarni o‘rganish va nazorat qilish davlat markazi tomonidan o‘tkaziladigan “Xitoy tili inventarizatsiyasi” yillik tadbirida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
Iyeroglif ikki qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismi “erkak”, ikkinchi qismi esa “ko‘rmoq” ma’nolarini anglatadi. Uning ilk ma’nosi “tajribaga asoslangan me’yor edi”.
Ushbu belgi zamonaviy xitoy tilidagi bir qancha so‘zlarda qo‘llanadi. Bular orasida “qabul qilmoq”, “qaror qilmoq”, “me’yorlashtirmoq”, “reja”, “loyiha”, “miqyos” so‘zlari bor.
Izoh (0)