2017-yilda Moskvaning VDNX bog‘ida Asalari muzeyi va asalarichilik paviloni ochiladi. Bu haqda Moskva tabiatdan foydalanish va atrof muhitni himoya qilish departamenti rahbari Anton Kulbachyovskiy ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Bundan tashqari, uning ma’lum qilishicha, keyingi yili sapsanlar populyatsiyasini qayta tiklash va ularni tabiatga qo‘yib yuborish ishlari davom ettiriladi.
Kulbachyovskiy 2017-yilda “O‘rmon muzeyi” ekomarkazining hamda “Moskva ekologi” kemasi negizida “Moskva-reka muzeyi”ning tashkil etilishini aytib o‘tdi.
Izoh (0)