BMT Xavfsizlik kengashi Aleppoda o‘tkazilayotgan evakuatsiyaning xalqaro monitoringi haqida rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatni kengashning barcha 15 a’zosi, jumladan, Rossiya qo‘llab-quvvatladi, deya xabar beradi “RBK”.
Rezolyutsiyaning barchani qoniqtirishi mumkin bo‘lgan varianti Xavfsizlik kengashida uch soatdan ortiq davom etgan yopiq maslahatlashuvlar yakuni bo‘yicha tanlandi. Matn Fransiya va Rossiya tomonidan taklif etilgan loyihalar asosida tayyorlandi.
Dastlab hujjatning Fransiya loyihasi bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazilishi mo‘ljallangandi, biroq Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin Parijning Aleppodagi vaziyat yuzasidan takliflari “bajarib bo‘lmaydigan va xavfli” ekanligi, Moskva ular kengashda ma’qullanishiga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)