Yaponiya bosh vazirining korteji asosiy yo‘ldagi transport oqimiga qo‘shilishi aks etgan videoyozuv Reddit foydalanuvchilari diqqatini tortdi, deb yozadi TJournal.
Bosh vazirning karvoni oqimga qo‘shilishi uchun avtomobillarning harakatlanishi qariyb to‘xtatilmagan (boshqa mashinalarning harakati qisman va juda qisqa vaqtga sekinlashtirilgan), kortejdagi avtomobillarda bo‘lgan harakatni tartibga soluvchilar mashinadan tushmay, ochiq derazalar orqali jarayonni boshqargan.
Reddit’da izoh qoldirganlar kortejning bu uslubda harakatlanishini juda xushmuomala deb ta’riflagan, ayni vaqtda, tartibga soluvchilarning qo‘lidagi oq qo‘lqoplar “juda po‘rim” ko‘rinayotganini qayd etgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)