Puerto-Riko vakilasi Stefani Del Valle “Dunyo go‘zali–2016” tanlovi g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda tanlovning Twitter’dagi sahifasida e’lon qilindi.
Tanlov finali 18-dekabr, yakshanba kuni AQShning Merilend shtatidagi MGM National Harbo majmuasida bo‘lib o‘tdi. 19 yoshli qiz “Dunyo go‘zali” tojini 2015-yil g‘olibi — ispaniyalik Mireya Lalaguna qo‘lidan qabul qilib oldi.
Ikkinchi o‘rin Dominikana Respublikasi vakilasi Yaritza Migelina Reyes Ramiresga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni indoneziyalik Natasha Mannuele qo‘lga kiritdi.
Kuchli beshlikka, shuningdek, keniyalik Evelin Njambi Tangu va filippinlik Katriona Grey kirdi.
JAR vakilasi “Dunyo go‘zali–2014” g‘olibasiga aylandi
O‘zbekistonlik qiz ishtirok etgan “Dunyo go‘zali–2013” g‘olibi aniqlandi
Sahnadagi jahon go‘zallari real hayotda ham shunday maftunkormi? (foto)
Izoh (0)