Janubiy Afrika Respublikasining 22 yoshli vakilasi Rolen Shtraus Londonda bo‘lib o‘tgan “Dunyo go‘zali – 2014” go‘zallik tanlovi g‘olibasiga aylandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
125 davlat vakilalari ishtirok etgan tanlovning top-modellar yo‘nalishida kuchli beshlikdan Xitoy, Janubiy Sudan, Bosniya va Gersegovina, Vengriya va Avstraliya vakillari o‘rin olgan.
Plyaj modasi yo‘nalishida Meksika, Keniya, Shvetsiya, JAR va Hindiston vakilalari, multimedia tanlovida Niderlandiya, Gayana, Hindiston, AQSh va Angliya sharafini himoya qilgan qizlar, iste’dodlar musobaqasida Malayziya, Shotlandiya, Rossiya, Shvetsiya va AQShdan kelgan ishtirokchilar, sport yo‘nalishida esa Finlandiya, Vengriya, Serbiya va Uels vakilalari sovrindor bo‘ldi.