Garvard muhandislik va amaliy fanlar maktabi (SEAS) olimlari guruhi pushti rang olmosdan dunyodagi eng kichkina radiopriyomnikni yaratdi. Bu haqda Motherboard xabar bermoqda.
Uskuna o‘ziga xos effekt — NV-markaz tufayli ishlaydi. Ushbu qo‘shilma uglerod atomlaridan biri azot bilan almashtirilganda olmosning kristall panjarasida hosil bo‘ladi.
Mini-radio klassik namunalariga xos barcha asosiy unsurlarga ega — quvvat manbai, priyomnik, elektromagnit to‘lqinlarini elektr tokiga aylantiruvchi moslama, tyuner va dinamik.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uskuna juda baquvvat va har qanday sharoitda ishlashi mumkin.
Izoh (0)